Muzeyshunoslik
Ushbu kitob O'zbekistonda muzey ishining nazariy va amaliy asoslarini, uning tarixiy rivojlanishini, mustaqillik davridagi o'rnini, turli muzey turlarini va ularning faoliyatini o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda muzeyshunoslikning asosiy tushunchalari, muzey fondini tashkil etish, muzey ekspozitsiyalarini yaratish, ilmiy-tadqiqot ishlari, tarbiyaviy ishlar va muzeylararo aloqalar kabi masalalar yoritilgan. Kitob muzey xodimlari, talabalar va muzeylarga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Muzeyshunoslik faniga kirish: Muzey ishining jamiyat taraqqiyotidagi o'rni, muzeyshunoslikning predmeti, asosiy tushunchalari va metodlari, muzey faoliyatining asosiy vazifalari.
- O'rta Osiyoda muzeylarning shakllanishi va muzey ishi tarixi: Feodalizm davrida ma'naviy boyliklarni to'plash, Chor Rossiyasi mustamlakasi davridagi muzeyshunoslik harakati, Turkistonda dastlabki muzeylarning vujudga kelishi, urushdan avvalgi yillarda muzey ishi va yodgorliklarga munosabat.
- Mustaqillik sharoitida muzeylar va muzey tarmog'ining rivojlanish muammolari: Mustaqillik davrida muzeylar ishi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining muzeylar ishini takomillashtirish haqidagi qarori, respublikaning muzeylar tarmog'i, Amir Temur muzeyining ochilishi, O'zbek muzeylarining xalqaro aloqalari.
- Tarixiy muzeylar: Tarixiy muzeylarning paydo bo'lishi, mustamlaka davridagi ahvoli, asosiy ijtimoiy vazifalari, tarmoqlari va ixtisoslashuvi.
- Muzeylarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati: Muzey tadqiqot markazi sifatida, tadqiqotchilik faoliyati asoslari, tarixiy muzeydagi muzeyshunoslik tadqiqoti.
- Davlat muzeyi fondi, ularni hisobga olish muzey ashyolarini o'rganish: "Muzey fondi" tushunchasi, muzey fondini ilmiy tashkil etish, muzey fondi ishining asosiy yunalishlari va muzey ashyolarini urganish uslubiyoti.
- Muzey kurgazmasi. Loyixalashning ilmiy asoslari: Asosiy tushunchalar, muzey kurgazmasini tashkil etish, kurgazma materiallari, muzey kurgazmasini ilmiy loyixalash.
- Tarbiyaviy ishlar tizimida muzeylarning o'rni: Kirish, muzey pedagogikasi, muzeylarning goyaviy-tarbiyaviy, ta'limiy ishlarning turlari va shakllari, muzeyning ommalashuvi, axborot va reklama.
- O`zbekiston muzeylari: SHahar muzeylari, Tuman muzeylari, Sergey Eseninning adabiy muzeyi.