Qovushoq siqiluvchan suyuqlik to’ldirilgan doiraviy silindrik qatlam va qobiqlarning nostatsionar tebranishlari

Ushbu kitob qovushoq siqiluvchi suyuqlik bilan to'ldirilgan doiraviy silindrik elastik qobiqlarning o'qqa nisbatan simmetrik, nostatsionar tebranishlarini o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda gidroelastik sistemaning tebranish tenglamalari keltirib chiqarilgan, kuchlanish va ko'chishlar aniqlash usullari ishlab chiqilgan. Xususan, mualliflar qobiq nuqtalarining buralma ko'chishi, suyuqlik zarrachalarining tezliklari, va qobiq hamda suyuqlikdagi kuchlanishlarni hisoblash algoritmlarini yaratishga e'tibor qaratganlar.

Asosiy mavzular

  • Silindrik qatlam va qovushoq suyuqlikning o'qqa nisbatan simmetrik nostatsionar ta'sirlashuvi: Silindrik qatlam va qovushoq suyuqlikning o'zaro ta'siri masalasi chegaraviy shartlar bilan birgalikda ko'rib chiqiladi. Ichida qovushoq suyuqlik bo'lgan silindirik qatlam ya'ni qobiqning buralma, bo'ylama-radial va ko'ndalang tebranishlari tadqiq etiladi.
  • Asosiy masalalarning umumiy yechimlari: Silindrik qatlam va qovushoq siqiluvchi suyuqlik tebranish turlari uchun har xil bo'lishini ko'rib chiqiladi. Gidroelastik sistemaning buralma tebranishlari haqidagi nostatsionar masala o'rganiladi.
  • Ichida qovushoq siqiluvchi suyuqlik saqlovchi silindirik qatlamning buralma tebranishlari: Bu mavzuda, qovushoq suyuqlik to'ldirilgan silindirik qatlamning buralma tebranishlari umumiy va taqribiy tenglamalarini keltirib chiqarish masalasi bilan shug'ullaniladi.
  • Ko'chishlar, kuchlanishlar va tezliklar maydonlarini aniqlash: Qaralayotgan gidroelastik sistemaning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hisoblash algoritmi keltiriladi.