Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari: Allomalar.
Ushbu kitob avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining mohiyati, tasnifi, evolyutsiyasi, yaratilishi va rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini o'rganishga bag'ishlangan. Kurs ishining maqsad va vazifalari, dastur kodi va foydalanuvchi uchun qo'llanma ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tasnifi: Axborot tizimlarining turlari, ularning xususiyatlari va qo'llanish sohalari, avtomatlashtirish darajasi, boshqarish jarayoni, soha va yo'nalishlar bo'yicha tasniflash.
- Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari evolyutsiyasi: Axborotni qayta ishlash texnologiyalarining rivojlanishi, axborot tizimlarining qadriyati va evolyutsiyaning bosqichlari, rivojlanish tendensiyalari tahlili.
- Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish va rivojlantirishning zamonaviy tendensiyasi hamda omillari: Axborot tizimlarini yaratishdagi afzalliklar, omillar, zamonaviy tendensiyalar, shuningdek, foydalanuvchilarning roli va texnologiyalarning o'zgarishi.
- Amaliy qism: Kurs ishining maqsad va vazifalari, qo'yilgan masalaning algoritmi, C++ Builderda ma'lumotlar bazasi bilan ishlash, Microsoft Accessga ulanish va foydalanuvchi uchun qo'llanma.