Personalni boshqarish

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazlari uchun "Personalni boshqarish" kursining o'quv qo'llanmasi sifatida tavsiya etilgan. Qo'llanmada personalni boshqarishning nazariy va amaliy asoslari, xodimlarni rivojlantirish strategiyalari, kasbiy rivojlanish va uni baholash, mehnat munosabatlari, ish vaqtini rejalashtirish, xodimlarni rag'batlantirish va boshqa shu kabi muhim masalalar batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Personalni boshqarish asoslari: Ushbu bobda personalni boshqarishning mohiyati, maqsad va vazifalari, tamoyillari hamda uning tashkiliy tuzilmasi,inson resurslarini boshqarishdagi faoliyat turlari va xodimlarni boshqarish tizimi ko'rib chiqiladi.
  • Personalni malakaviy shakllantirish va uni baholash: Ushbu bobda personal karyerasini rejalashtirish va rivojlantirish, personalning professional malaka tartibi kabi mavzular batafsil yoritilgan.
  • Personal mehnatini tashkil qilish va uni moddiy ragʻbatlantirish: Ushbu bobda boshqaruv personali mehnatini tashkil qilish, kadrlar bilan ishlashning psixologik, pedagogik va sotsiologik asoslari, personalni rag'batlantirish masalalari ko'rib chiqiladi.
  • Personal mehnat koʻrsatkichlari tahlili va unda qo'llaniladigan axborot manbalari: Ushbu bobda personal faoliyati boʻyicha hujjat ishlarini yuritish, personalni boshqarishda axborot texnologiyalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.