Mintaqaning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishin prognoz qilishning o`ziga xos xusisiyatlari
Maqolada murakkab o'zgaruvchili funksiyalar nazariyasining muhim vazifalaridan biri yechimi va ularni iqtisodiyotda qo'llash imkoniyatlari ko'rib chiqiladi. Murakkab o'zgaruvchili chiziqli ishlab chiqarish funksiyalarini qurish va tadqiq qilish, ularning mintaqaviy iqtisodiyotni prognozlashda qo'llanilishi mumkin bo'lgan xususiyatlari tahlil qilinadi. Kompleks son qiymatli modellarni iqtisodiy prognozlash masalasiga qo'llash istiqbolli yo'nalishlardan biri sifatida qaraladi. Ishlab chiqarish funktsiyalari kompleks sonli o'zgaruvchilari iqtisodiy tizimlar rivojlanishini prognozlashda alohida e'tiborga loyiqdir.
Asosiy mavzular
- Iqtisodiy prognozlashning murakkabligi: Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlash usullari va modellarining ko'pligi. Ko'plab ko'rsatkichlar harakatini ifodalovchi usul va modellar ishlatiladi, bog'lanishlarni to'liq ochib berish imkoniyati bo'lmaydi. Iqtisodiy tizimlarga xos bo'lgan inertsiya hisobiga shakllangan tendentsiyalar prognoz qilish bilan bog'liq oddiy tamoyildan kelib chiqqan holda trendlar ishlatiladi.
- Kompleks son qiymatli modellar: Kompleks sonli o'zgaruvchili miqdorlar o'zgarishlarining statistik kuzatuvlari bo'yicha regresssion kompleks sonli darajali modellarni qurish imkoniyatiga bo'lgan qiziqishning paydo bo'lishi. Kompleks sonli o'zgaruvchi miqdorlarining matematik statistikasi apparatini yaxshilash harakatlari.
- Kompleks son qiymatli ishlab chiqarish funktsiyalari: Ishlab chiqarish natijasiga asosiy ishlab chiqarish resurslarining ta'sirini ifodalaydi, ko'plab amaliy vazifalarni bajarishga iqtisodchiga yordam beradi, shu jumladan iqtisodiy tizimlarni rivojlanishini prognozlashda kompleks son qiymatli ishlab chiqarish funktsiyalarining modellaridan foydalanish.
- Kobb-Duglas ishlab chiqarish funktsiyasi: Iqtisodiy tahlil uchun o'ta qulay vosita bo'lib iqtisodiy dinamikani modellashtirishda asos hisoblanadi, uning yordamida har qanday darajadagi ishlab chiqarish jarayoni-korxona, mintaqa, mamlakat modellashtiriladi.