Mintaqaning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishin prognoz qilishning o`ziga xos xusisiyatlari
Maqolada murakkab o'zgaruvchili funksiyalar nazariyasining muhim vazifalaridan biri yechimi va ularni iqtisodiyotda qo'llash imkoniyatlari ko'rib chiqiladi. Murakkab o'zgaruvchili chiziqli ishlab chiqarish funksiyalarini qurish va tadqiq qilish, ularning mintaqaviy iqtisodiyotni prognozlashda qo'llanilishi mumkin bo'lgan xususiyatlari tahlil qilinadi. Kompleks son qiymatli modellarni iqtisodiy prognozlash masalasiga qo'llash istiqbolli yo'nalishlardan biri sifatida qaraladi. Ishlab chiqarish funktsiyalari kompleks sonli o'zgaruvchilari iqtisodiy tizimlar rivojlanishini prognozlashda alohida e'tiborga loyiqdir.