Valeologiya asoslari

Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti talabalari uchun valeologiya asoslari kursidan maʼruzalar matni sifatida tavsiya etilgan. Matnda valeologiyaning mohiyati, maqsad va vazifalari, asosiy tushunchalari, boshqa fanlar bilan aloqasi, tadqiqot usullari, salomatlik va sogʻlom hayot tarzi, jismoniy tarbiya va salomatlik masalalari keng yoritilgan. Shuningdek, talabalarga valeologik taʼlim berish jarayoni, turli kasalliklarning profilaktikasi, ovqatlanish tartibi, harakat faolligi va ularning salomatlikka taʼsiri haqida maʼlumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Valeologiya asoslari kursiga kirish: Valeologiya, uning asosiy tushunchalari, predmeti, vazifalari, tadqiqot usullari, boshqa fanlar bilan aloqasi, salomatlik va sog'lom hayot tarzining mohiyati.
  • Valeologiyaning nazariy metodologik asoslari: Valeologiya kursining tuzilishi, ijtimoiy profilaktika, individual profilaktika, talabalar valeologiyasining konsepsiyasi, kurs mazmuni.
  • Salomatlik va sogʻlom hayot tarzi haqidagi taʼlimot: Valeologiyaning oʻqitish tizimi, amaliy mashgʻulotlar, salomatlikni yaxshilashning ratsional va samarali usullari, salomatlikni mustahkamlashning noan'anaviy vositalari, bo'sh vaqtdan to'g'ri foydalanish, talabalarga ta'lim berish jarayonidagi tarbiya.
  • Ovqatlanish va salomatlik: Kishining hayoti va faoliyatida ovqatlanishning o'rni, sport musobaqalari va milliy oʻyinlar sog'liqning mustaxkamlashning samarali vositasi sifatida, harakat faolligi va salomatlik.
  • Orttirilgan immun tanqislik sindromi (OITS) – salomatlik kushandalari: OITS bilan zararlanish yoʻllari, inson immun tanqisligi virusi, OITS diagnostikasi, OITS ga hamroh kasalliklar, davolash, giyohvand modda va giyohvandlikning salomatlikka ta’siri.