Noarximed normalar va ularning qo’llanilishi
Ushbu bitiruv malakaviy ishi haqiqiy normallangan fazolar, No-Arximed sonlar maydoni, ultrametrikalar va p-adik sonlar maydonlariga bag‘ishlangan. Ishda asosiy tushunchalar, teoremalar, tasdiqlar va ularning isbotlari keltirilgan. Noarximed normalar va ularning qo‘llanilishi batafsil o‘rganilgan. Kosmotologiyaga noarximed fazolarni tadbiq qilish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Haqiqiy normallangan fazolar: Ushbu bobda no-arximed sonlar maydoni, ultrametrikalar, hamda p-adik sonlar maydoni kabi tushunchalar kiritilgan. Har bir tushuncha uchun ta'riflar berilgan, xossalari va teoremalar keltirilgan va isbotlangan.
- No-arximed normallangan fazolar: Ushbu bob no-arximed normallangan fazolarga bag'ishlangan bo'lib, bu yerda asosiy e'tibor normalar, xossalar va teoremalarga qaratilgan. Shuningdek Ostrovskiy teoremasi va kuchaytirilgan uchburchak tengsizligi kabi muhim natijalar keltirilgan va isbotlangan.
- No-Arximed fazolarning tadbiqi: Bu qismda o'lchov nazariyasi, noarximed kosmotologiyasi, massa zichligining yo'qolishi va ularning matematik modellari ko'rib chiqiladi