Yurak poroklari va xomiladorlik: tibbiy tafakkurlash va davolashning yangi pog`onasi
Ushbu o'quv qo'llanmada yurak poroklari va ularning homiladorlik davridagi ta'siri, tashxislash va davolash usullari haqida ma'lumot berilgan. Bundan tashqari, kitobda homiladorlik paytida orttirilgan yurak poroklari, xavfni baholash, akusherlik taktikasi va boshqa masalalar ham ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Yurak poroklari bilan bog`liq fojialar va xomiladorlik: Homiladorlik paytida yurak poroklari bilan bog`liq kelib chiqadigan fojialar (YUPKVF), trombozlar va tromboemboliyalar, insultlar va miokard infarkti, yurak yetishmovchiligi va kardiorenal sindromlar, o`ta taxdidli asoratlar bo`lib, ba'zida o`limga olib kelishi haqida.
- Yurakning tug`ma poroklarini zamonaviy chizgi va tavsiflari: TYUP-tug`ilguncha kelib chiqadi, yurak va/yoki yirik tomirlar tarkiblarini nuqsoniyligi (defekti) mavjud bo`ladi, odatda qon oqimini yurak bo`shliqlarida, katta va kichik qon aylanishi doiralari bo`yicha buzilishi bilan ifodalanadi.
- Bo`lmachalararo to`siq defektiga xos alomatlar, xomiladorlikda terapevtik va akusherlik amaliyotlarini aloxida jixatlari: DMPP -chap va o`ng bo`lmachalar o`rtasida aloqadorlikni saqlanib qolishi bilan ifodalanuvchi porok. Uning uch turi mavjud: birlamchi DMPP- bo`lmachalararo to`siqning (MPP) pastki qismida joylashgan bo`ladi va odatda katta o`lchamli bo`ladi xamda ko`pincha boshqa tug`ma nuqsonlar bilan qo`shilishib uchraydi; ikkilamchi DMPP asosan MPP o`rta qismida, oval teshik xududida joylshgan bo`ladi, kichik o`lchamga ega bo`lib-to 70%-ga yetib uchraydi; venozli sinus defekti xam ajratiladi – DMPP MPP ning yuqori qismida, yuqori kovak venaning tushish joyida joylashgan bo`ladi.
- Qorinchalararo to`siq defektiga xos alomatlar, xomiladorlikda terapevtik va akusherlik amaliyotlarini individual jixatlari: Qorinchalararo to`siq defektini (DMJP)-to`siqlararo strukturani (MJP) rivojlanmay qolishi sababli chap va o`ng qorinchalararo ulashuvlik xolatini bo`lishi bilan ifodalanuvchi yurak porokidir. U nisbatan ko`proq uchraydigan TYUP, bir necha turlari tafovutlanadi: perimembranozli DMJP (MJP yuqori qimsida trikuspidal klapanning septal qopqog`i ostida joylashadi, ushbu porokning 75%-tini tashkil etadi, ko`pincha o`zidan-o`zi yopilib ketadi), mushakli DMJP (MJP mushak qismida joylashadi va o`tkazuvchi tizimdan xamda klapanlardan masofada ajralib turadi, ko`p sonli xam bo`lishi mumkin va ko`p xollarda o`z-o`zidan yopilib ketadi) va subarterial DMJP (chiqaruv traktida joylashadi, yarimoysimon klapanlarning doirasiga tutashib turdai, ko`pincha aortal yetishmovchilikni keltirib chiqaradi va o`z-o`zidan xech qachon yopilib ketmaydi).
- Ochiq arterial porok va xomiladorlik: OAP- aorta va o`pka arterialararo anomal bog`lanishlikni bo`lishini ifodalovchi porokdir. Perinatal davrda bunday turdagi aloqalanish mavjud bo`ladi va bu bilan kislorodga to`yingan qonni o`pka arteriasidan aortaga o`tib turishi ta'minlab beriladi. Ammo lekin bola tug`ilganidan keyin birinchi 2-8 xaftada ushbu "yo`l" yopiladi, qolib ketishida –OAP deb tasdiqlanadi.
- o`pka arteriyasi stenozi va xomiladorlik: o`pka arteriyasi stenozi (o`AS) TYUP tarkibida 8-10%-ni tashkil qilib uchraydi. Klapanli va klapan ostki o`AS (o`ng qorinchani chiqish trakti joyida fibrozli-mushakli o`sish) ajratiladi. Porok ko`p xollarda DMPP bilan qo`shilishib uchraydi va odatda, o`pka arteriyasining ildizini poststenotik kengayishi unda kuzatiladi.
- Sianozsiz ifodalanuvchi, amaliyotda ko`pincha uchrab turuvchi tug`ma yurak poroklarida xomiladorlikni olib borish taktikasi: Ushbu turkum poroklar orasida aksariyat aortal stenoz, aorta koarktasiyasi, Terner sindromi, aorta anevrizmasi, Ebshteyn anomaliyasi va uchbo`lmachali yurak (cor triatrium) uchraydi (qolganlarini yuqorida sharxlab o`tdik).
- Sianoz bilan ifodalanuvchi tug`ma yurak poroklari, xomiladorlik va tug'ruq jarayoni: yangi tavsiyalarga sharxlar: Fallo guruxidagi poroklar, Ebshteyn anomaliyasi (u xaqda ma'lumotlarni berib o`tdik), magistral tomirlar transpozisiyasi (TMS), yurakni yagona qorinchasi va Eyzentenger kompleksi (sindromi). Fallo guruxidagi poroklar orasida ko`proq amaliy axamiyatga egalari yoki 3ta: Fallo to`rtligi yoki tetradasi, Fallo uchligi triadasi va Fallo beshligi yoki pentadasi.
- Yurakning ortirilgan poroklari (YUOP) va xomiladorlik, tug`ruq jarayoni: YUOP stenoz yoki klapan yetishmovchiligi tarzida ifodalanadi, gemodinamik buzilishlarni kelib chiqishi bilan o`tadi. Ularning tashxisotida klapanni zararlanishi sindromini aniqlash qimmatli axamiyat kasb etadi, yetakchi auskultativ simptomlar bilan ifodalanadi: ushbu yurak porokiga patognomonik alomat bo`lib tonlarni o`zgarishi, shovqin va qo`shimcha tonlarni paydo bo`lishi xisoblanadi.
- Yurak klapanlari protezirlangan xomiladorlarda terapevtik taktikani va akusherlik amaliyotini tashkil etish: Sun'iy klapanli yurak bilan ayollarda xomiladorlik va tug'ruqlar xar doimo yuqori xavf solib o`tishadi: sun'iy klapanli yurak bilan ayollarda onalar o`limi 2,9% darajani va og'ir qon ketishlar xam shuncha ko`rsatkichni tashkil etib qayd qilinadi; tromboembolik asoratlar ushbu mijozalarning xomiladorlik paytida 7,5% dan 23%-gacha yetib kuzatiladi; tug`ish yoshidagi ayollarga bioprotezlar va mexanik klapanlar (sun'iy) qo`yiladi; mexanik klapanlar chidamli, ijobiy gemodinamik tavsiflarga ega-yu, lekin umrbod antikoagulyasiyani taqozo etadi; yurak klapanlari mexanik protezlangan xomilador ayollarda trombotik va gemorragik asoratlar xavfi yuqori bo`ladi; bioprotezlarni tromboembolik (TEO) xavflari kam bo`ladi-yu, lekin umrboqiy bo`lishmaydi, ma'lum vaqtdan keyin qaytadan operasiya qilib ularni almashtirish kerak bo`ladi; 50% xollarda TYOA ga implantirlangan bioprotezlar 10 yil davomida almashtirishni taqozo qiladi; 15 yil o`tib qo`yilgan protezlar o`z vazifalarini 90% mijozalarda tugatishadi; klapanlarni qayta protezirlash operasiyasi 3-9% ga yetib o`lim bilan yakunlanadi.
- Yurak poroklari bilan xomiladorlarda yurak-qon tomir asoratlari (SSO) xavfini stratifikasiyasi: Yurak poroklari bilan xomilador ayollarda ularning xavfini oldindan aniqlash (stratifikasiya qilish) beqiyos axamiyatga ega bo`ladi. Bu texnologiyani, XXI asrning amaliy tibbiyotidagi katta burilish deb qabul qilinsa to`g`ri bo`ladi yoki xar bir shifokor o`z amaliyotiga “ikkinchi kasb” qilib ushbu faoliyatni kitirib olsa, so`zsiz, maqsadga muvofiq bo`ladi.