YURAK-QON TOMIR TIZIMI ANATOMIYASI
Ushbu monografiya O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tomonidan chop etilgan bo‘lib, unda yurak-qon tomir tizimining anatomiyasi batafsil yoritilgan. Kitobda yurak, qon tomirlari va limfa tizimining tuzilishi, rivojlanishi, joylashuvi, funksiyalari hamda ularning anatomik xususiyatlari zamonaviy nuqtai nazardan chuqur o‘rganilgan. Monografiyada yurak-qon tomir tizimining boshlang‘ich rivojlanish bosqichlari, yurakning anatomik tuzilishi, asosiy arteriyalar va venalar, shuningdek, mikrosirkulyatsiya tizimi haqida to‘liq ma’lumot berilgan. Kitob tibbiyot oliygoh talabalari va mutaxassislari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv jarayonida nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalarga aylantirishda muhim qo‘llanma vazifasini o‘taydi.