Kostyum kompozitsiyasi

Ushbu kitob kostyumlar tarixi va evolyutsiyasini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda qadimgi sivilizatsiyalardan to XX asrgacha bo'lgan davr oralig'idagi kiyim-kechakning o'zgarishi, madaniy, ijtimoiy va diniy omillar ta'siri ostida shakllanishi ko'rib chiqiladi. Kitob talabalarga, dizaynerlarga va kostyum tarixi bilan qiziquvchilarga mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • O'rta Osiyo kostyumi tarixi: O'rta Osiyo xalqlarining kiyimlari, ularning shakli, bezagi va qo'llaniladigan materiallari yoritilgan. Shuningdek, erkak va ayollar kostyumlarining turlari, bichimi, bezagi va matolari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Qadimgi dunyo kostyumi: Qadimgi Misr, Bobil va Ossuriya kabi qadimiy sivilizatsiyalarning kiyim-kechaklari, ularning shakli, bichimi va ijtimoiy belgilari ko'rib chiqilgan. Eron naqshlari va kostyumlari ham o'rganilgan.
  • Antik davr kostyumi: Qadimgi Yunoniston va Rim kostyumlari, ularning turlari, bichimi, bezagi va qo'llaniladigan materiallari tahlil qilingan. Antik kostyumining shakllantiruvi vositalari va ijtimoiy belgilari ham o'rganilgan.
  • Qadimgi va feodal davri Sharq kostyumi: Hindiston va Yaponiya san'ati, ularning xarakterli xususiyatlari va kostyumlari, shuningdek ularning shakli va tuzilishi haqida ma'lumot berilgan.
  • V - XX asrlar G'arbiy Yevropa kostyumi: Roman uslubi, Gotik uslub, Uyg'onish davri, Barokko, Rokoko, Klassitsizm, Ampir va Modern uslublaridagi Yevropa erkaklar va ayollar kostyumlari, materiallari, ranglari va naqshlari yoritilgan. Musketyorlar modasi, XIX asr Yevropa kostyumi, Klassizm uslubidagi kostyum, Kiyimning asosiy shakllari va assortimenti, XX asr Yevropa kostyumi, Kostyumning demokratizatsiyalanishi, Ayollar kostyumida modern uslubining ravnaq topishi, Urushdan keyingi davrdagi yangi estetik timsol va modani keskin o'zgarishi haqida ma'lumotlar keltirilgan.