Kostyum tarixi
Ushbu kitob «Kostyum tarixi» fanidan ma’ruza mashg’ulotlari uchun o’quv qo’llanma bo’lib, unda Yevropa va Sharq mamlakatlarining kiyim-kechaklari, modasi va tarixiy uslublari haqida ma’lumot berilgan. Kitobda dunyo xalqlari kostyumlarining qadimgi davrdan to hozirgi kungacha rivojlanish bosqichlari, ularning o’ziga xos xususiyatlari, o’sha davrning ijtimoiy-siyosiy hayoti, madaniyati, urf-odatlari, diniy e’tiqodlari va boshqa ko’plab omillarning ta’sirini o’rganishga alohida urg’u berilgan. Kitob turli davrlarda shakllangan milliy kiyim uslublari, moda tendensiyalari, bezaklar, matolar va ulardan foydalanish usullari haqida batafsil ma’lumot beradi. Xususan, qadimgi Misr, Bobil, Fors, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Yunoniston, Rim, shuningdek, Yevropa va O’rta Osiyo mamlakatlarining milliy kostyumlarining rivojlanishi yoritilgan.