Chet tili o'qitish мetodikasi
Ushbu kitob chet tillarni o'qitish metodikasiga bag'ishlangan bo'lib, unda chet tilini o'qitishning turli bosqichlari, metodlari, shakllari va usullari, shuningdek, mashqlar tizimi va darsni rejalashtirish masalalari ko'rib chiqiladi.
Asosiy mavzular
- Chet tilini o'qitish metodlari: Chet tilini o'qitish metodlarining takomillashtirib borishning zarurligi, zamonaviy metodlar (intensiv metodlar) hususida qisqacha sharx, chet tillarni amaliy o'rganish maqsadida qo'llaniladigan metodlar, audio-lingual, audio-visual, gipnopediya, relaksopediya, suggestopediya, ritmopediya kabi yangi metodlar, tarjima metodi, to'g'ri metod, qiyosiy metod, aralash metod va ularning xususiyatlari.
- Chet tilini o'qitishning bosqichlari: Chet tilini o'qitishning boshlang'ich, o'rtancha va yuqori bosqichlari, har bir bosqichning o'ziga xos hususiyatlari, vazifalari va talablari, o'qitish jarayonini tashkil etish, darsga qo'yilgan asosiy talablar, o'quvchilarning mustaqil ishlashni tashkil etish shakllari.
- Mashqlar tizimi: Chet tilini o'qitishda mashq muammosi, ularning tipologiyasi va mashq bajarishdagi ketma-ketlilik, mashqlar sistemasi, uning komponentlari, malaka va ko'nikmalarni mashqlar sistemasida aks ettirilishi, nutqiy bo'lmagan mashqlar, nutq oldi mashqlari, aspektlar bo'yicha mashqlar va ularning turlari.
- Darsni rejalashtirish: Darsni rejalashtirishning ahamiyati, tematik rejalashtirish, kundalik dars rejasini tuzish, darsning asosiy komponentlarini rejalashtirish, darsga qo'yilgan talablar, darsning mazmuni va mohiyati, darsni tahlil qilish.