Listening and speaking
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma ingliz tilini o'rganayotgan talabalarning tinglash va gapirish ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Qo'llanmada keltirilgan matnlar va turli mashqlar talabalarning matnlarni tinglab, ularga savol-javob o'tkazishlariga, shu matnlarga bog'liq turli topshiriqlarni bajarishda qulaylik yaratadi hamda talabalarning til materiallarini to'liq o'zlashtirishlariga yordam beradi. Qo'llanma 5 ta bo'limdan iborat bo'lib, har bir bo'limda turli xil topshiriqlar berilgan. Qo'llanma guruhdoshlar orasida akademik professional mavzularda ma'lumot almashishda muhim yordamchi vosita bo'lib xizmat qilishi mumkin. Qo'llanmada ta'lim, oila, jamiyat, media kabi mavzularga oid matnlar, topshiriqlar va lug'atlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Ta'lim: Xotirani yaxshilash usullari, yangi ma'lumotlarni eslab qolish, lug'at boyligini oshirish, eslab qolish uchun mnemonik usullardan foydalanish, darslik materiallarini tushunish va baholash.
- Oila, nikoh va uy: Oila tushunchasi, oilaviy munosabatlardagi o'zgarishlar, oilaning jamiyatdagi roli, amerikalik oilalardagi tendentsiyalar, oila a'zolarining ta'siri, oilaviy qadriyatlar va an'analar.
- Guruhning kuchi: Ijtimoiy guruhlar va ularning shaxsga ta'siri, guruh bosimi, tengdoshlar ta'siri, konformizm, ijtimoiy normalar, guruh ichidagi xatti-harakatlar.
- O'g'il bola yoki qiz bola bo'lib ulg'ayish: Gender rollari, gender stereotiplari, gender tengligi, o'g'il va qiz bolalarni tarbiyalashdagi farqlar, gender identifikatsiyasi, gender masalalari.
- Media ta'siri: Ommaviy axborot vositalarining jamiyatga ta'siri, televidenie, radio, gazeta, internet va boshqa media vositalarining afzalliklari va kamchiliklari, media savodxonligi, media tanqidi.