Muhandislik va kompyuter grafikasi

Ushbu kitob "Chizma geometriya va muhandislik grafikasi" fanini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda proyeksiyalash usullari, fazoviy shakllar tasviri, sirtlar va ularning o'zaro kesishishi kabi mavzularga oid nazariy ma'lumotlar va amaliy masalalar yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Fanga kirish: Muhandislik va kompyuter grafikasi fanining vazifalari, proyeksiyalash usullari (markaziy, parallel, ortogonal) va ularning xossalari.
  • Monj chizmasida nuqtaning ortogonal proyeksiyalari: Nuqtani H, V, W tekisliklardagi ortogonal proyeksiyalari, choraklar va oktantlar, xususiy vaziyatdagi nuqtalar.
  • Toʻgʻri chiziqning ortogonal proyeksiyalari: Toʻgʻri chiziqning ortogonal proyeksiyalari, umumiy va xususiy vaziyatdagi toʻgʻri chiziqlar, umumiy vaziyatdagi toʻgʻri chiziqning analizi, xususiy vaziyatdagi toʻgʻri chiziqlar, toʻgʻri chiziq kesmasini nisbatda boʻlish, Fales teoremasi.
  • Tekisliklar va ularning chizmada tasvirlanishi: Tekisliklar va ularning chizmada tasvirlanishi, umumiy vaziyatdagi tekisliklar, nuqta va toʻgʻri chiziqning tekislikka tegishliligi.
  • Ortogonal proyeksiyalarni qayta tuzish usullari: Ortogonal proyeksiyalarni qayta tuzish usullari, aylantirish usuli, proyeksiyalar tekisliklarini almashtirish usuli.
  • Sirtlar: Toʻgʻri chiziqli yoyiluvchi sirtlar, aylanish sirtlari, sirtda nuqta tanlash, sirtning proyeksiyalovchi tekislik bilan kesishishi.
  • Sirtlarning oʻzaro kesishish chizigʻi: Sirtlarning oʻzaro kesishish chizigʻi, yordamchi kesuvchi tekisliklar usuli.
  • Sirtlarning oʻzaro kesishish chizigʻi (Yordamchi kesuvchi sharlar usuli): Sirtlarning oʻzaro kesishish chizigʻi yordamchi kesuvchi sharlar yordamida aniqlash.
  • Sirtlarning yoyilmasi: Sirtlarning yoyilmasi, koʻpyoqliklar yoyilmalari, uchburchak (treangulyatsiya) usuli, silindrik sirtlarning yoyilmalarini yasash, konus sirtlarning yoyilmalarini yasash.