Onlayn buyurtmalar qabul qilish tizimini yaratish
Bitiruv malakaviy ishi "Onlayn buyurtmalar qabul qilish tizimini yaratish"ga bag'ishlangan. Unda onlayn tizimlar, web texnologiyalari, ma'lumotlar omborlari bilan ishlash, Jquery va Ajax texnologiyalari, MySQLning imkoniyatlari va onlayn buyurtma tizimini tashkil etish jarayoni ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Onlayn tizimlar bo'yicha nazariy bilimlar: PHP va MySQLda bog'lanishlar, Jquery va Ajax texnologiyalari haqida ma'lumot berilgan. Web texnologiyalarning yangi ko'rinishlarini o'rganish va bilimlarni yagona tizimga keltirish, Chet elda qo'llanilayotgan onlayn buyurtma tizimlarini o'rganish va ularning yutuq va kamchiliklarini aniqlash ko'rsatilgan.
- Onlayn buyurtma olish tizimini tashkil etish jarayoni: Onlayn buyurtma olish tizimining server qismi, ma'lumotlar omborini shakllantirish va mijoz qismini shakllantirish jarayoni yoritilgan. Buyurtma qabul qilishda hisobotlarni shakllantirish bosqichlari keltirilgan. MySQLda ma'lumotlar omborini yaratish, server va mijoz qismlarini shakllantirish va hisobotlarni tayyorlash masalalari ko'rib chiqilgan.