Ingliz tilini o‘qitishda an’anaviy va onlayn ta’lim samaradorligini oshirish metodikasi (Oliy ta’lim muassasalari misolida)
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti oliy ta'lim muassasalarida ingliz tilini an'anaviy va onlayn ta'limda o'qitishning samaradorligini oshirishga bag'ishlangan. Unda ta'limning zamonaviy usullari, texnologiyalari, hamkorlikdagi ta'lim va topshiriqqa asoslangan yondashuvlar, shuningdek, o'quvchilarning mustaqil ta'lim olishi kabi muhim jihatlar atroflicha tahlil qilingan.