Tebranishlar nazariyasi fanini o’qitishda venn diagrammasini qo’llash
Ushbu malakaviy bitiruv ishi tebranishlar nazariyasi fani ma'ruza darslarida grafik organayzerlarni qo'llashga bag'ishlangan bo'lib, bitiruv ishi bo'yicha quyidagi xulosalar aytib o'tilgan: Erkinlik darajasi bitta bo'lgan mexanik sistemalar tebranishlari mavzusini o'tishda ko'rgazmali jadval va sxemalardan tahliliy jadval va Venn diagrammasini qo'llash darsning mazmunli va sifatli o'tilishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Venn diagrammasini nafaqat ikki turdagi voqyea-hodisalarni tahliliy-taqqoslashda, balki bir voqyeaning ayrim tuzuvchilari orasida ham olib borish mumkin, masalan majburiy tebranma harakatlarning har bir tuzuvchilari orasida olib borish mumkinligi bitiruv ishida ko'rsatilgan. Har bir o'tilayotgan ma'ruza darslarni zamonaviy texnologiyalar asosida o'tish uchun Oliy ta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan professor-o'qituvchi o'qitish shakllarining optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi g'oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Grafik organayzerlarni o'qituvchi tayyor (to'ldirilgan) holda qo'llab, vosita vazifasida bajarmasdan, talabalarning mashg'ulot mavzusiga doir bilimlarini mustahkamlash va fikrlashini rivojlantirish maqsadida ishlatib, o'qitish metodi sifatida keltirsa, ta'lim samarasini oshirishi mumkin. Oliy ta'lim professor-o'qituvchisi talabalarga bilim emas, bilim olish yo'lini o'rgatishi kerak.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Innovatsion pedagogika pedagogik texnologiyalarni muntazam takomillashtirish jarayoni, pedagogik ta'lim mazmunini boyitish, mazkur maqsadga pedagogik metodlar, vositalar va uslublarni maksimal darajada ta'lim jarayonida qo'llashdir. Ushbu malakaviy bitiruv ishida oliy ta'lim muassasalarida tebranishlar nazariyasi fani mavzularini o'tish davomida talabalarning o'tilgan mavzularni yaxshi tushunishlariga yordam beruvchi texnologiyalar, grafik organayzerlarni qo'llash mavzusi qo'yilgan.
- I BOB. OLIY TA'LIMDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR TUSHUNCHASI: Pedagogik texnologiya o'quv jarayonini amalga oshirishning mazmuniy texnikasi. Pedagogik texnologiya - rejalashtirilgan o'qitish natijalariga erishish jarayoni tavsifi. Texnologiya - ishlov berish, holatni o'zgartirish san'ati, mahorati, malakasi va metodlar yig'indisi. Pedagogik texnologiya talaba va o'qituvchining ularga zarur sharoit yaratish orqali o'quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish hamda o'tkazish bo'yicha ular pedagogik faoliyatining har tomonlama o'ylangan modelidir.
- II BOB. ERKIN VA MAJBURIY TEBRANISHLAR MAVZUSI BO'YICHA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR: Erkinlik darajasi birga teng mexanik sistemalar tebranishlari mavzusini o'tishda ko'rgazmali jadval va sxemalardan tahliliy jadval va Venn diagrammasini qo'llash darsning mazmunli va sifatli o'tilishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Venn diagrammasini nafaqat ikki turdagi voqyea-hodisalarni tahliliy-taqqoslashda, balki bir voqyeaning ayrim tuzuvchilari orasida ham olib borish mumkin, masalan majburiy tebranma harakatlarning har bir tuzuvchilari orasida olib borish mumkinligi bitiruv ishida ko'rsatilgan.
- 3-§. Erkin tebranishlarda yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash: Olingan barcha natijalarni talabalarga ko'rgazmali bayon qilish maqsadida T-jadvalga natijalarni kiritamiz: Ta'sir etayotgan kuchlar, Tebranma harakat nomi, Tebranishlar xossalari. Garmonik tebranishlar, amplituda o'zgarmas, tebranishlar davri o'zgarmas, harakat sinus yoki kosinus qonuniyati bilan sodir bo'ladi. Amplituda vaqt o'tishi bilan kamayadi, tebranishlar davri deyarli o'zgarmas, harakat ko'rsatkichli va trigonometrik funksiyalar ko'paytmasi qonuniyati bilan sodir bo'ladi.
- 4-§. MAJBURIY TEBRANISHLARDA GRAFIK ORGANAYZERLARNI QO'LLASH: Sistemaning majburiy tebranishlari unga tashqi (odatda davriy) kuchlarning ta'siridan vujudga keladi. Ushbu masalani biz sistemaga ta'sir etayotgan tashqi kuch garmonik qonun bilan o'zgarayotgan holni qarash bilan boshlaymiz: Q=Hsinpt. Majburiy tebranishlar uyg'otuvchi kuchning chastotasi bilan ro'y beradi.
- XULOSA: Malakaviy bitiruv ishi tebranishlar nazariyasi fani ma'ruza darslarida grafik organayzerlarni qo'llashga bag'ishlangan bo'lib, bitiruv ishi bo'yicha quyidagi xulosalar aytib o'tish mumkin: Erkinlik darajasi bitta bo'lgan mexanik sistemalar tebranishlari mavzusini o'tishda ko'rgazmali jadval va sxemalardan tahliliy jadval va Venn diagrammasini qo'llash darsning mazmunli va sifatli o'tilishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi; Venn diagrammasini nafaqat ikki turdagi voqyea-hodisalarni tahliliy-taqqoslashda, balki bir voqyeaning ayrim tuzuvchilari orasida ham olib borish mumkin, masalan majburiy tebranma harakatlarning har bir tuzuvchilari orasida olib borish mumkinligi bitiruv ishida ko'rsatilgan; Har bir o'tilayotgan ma'ruza darslarni zamonaviy texnologiyalar asosida o'tish uchun Oliy ta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan professor-o'qituvchi o'qitish shakllarining optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi g'oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim; Grafik organayzerlarni o'qituvchi tayyor (to'ldirilgan) holda qo'llab, vosita vazifasida bajarmasdan, talabalarning mashg'ulot mavzusiga doir bilimlarini mustahkamlash va fikrlashini rivojlantirish maqsadida ishlatib, o'qitish metodi sifatida keltirsa, ta'lim samarasini oshirishi mumkin; Oliy ta'lim professor-o'qituvchisi talabalarga bilim emas, bilim olish yo'lini o'rgatishi kerak.