Innovatsion menejment

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Namangan muhandislik pedagogika instituti tomonidan tayyorlangan "Innvatsion menejment" fani boʻyicha oʻquv-uslubiy majmua boʻlib, unda menejmentning asosiy tushunchalari, maqsadlari, vazifalari, usullari, shakllari, investitsiyalari, yangiliklar, innovatsion faoliyatning tashkiliy shakllari, marketingi hamda moliyalashtirish kabi muhim masalalar qamrab olingan. Shuningdek, ushbu kitobda innovatsion menejmentning nazariy va amaliy jihatlari, tadqiqot uslublari, hamda innovatsion faoliyatni baholash mezonlari ham keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • 1-mavzu. Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari, maqsadlari va vazifalari: Ushbu mavzuda innovatsiya, innovatsion jarayon, innovatsion faoliyat, innovatsion menejment, innovatsion boshqaruv, innovatsion menejer, fundamental (nazariy) tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar, innovatsion menejmentning maqsadlari kabi tushunchalar va ularning mohiyati, vazifalari, maqsadlari hamda tarixi va rivojlanish tendentsiyalari bilan tanishtiriladi.
  • 2-mavzu. Innovatsion menejmentning usullari va vazifalari: Mavzuda innovatsion menejmentning vazifalari va usullari, ularning xususiyatlari, jumladan, menejment jarayonlari, nazorat, qaror qabul qilish hamda kommunikatsiyalar tahlil qilinadi.
  • 3-mavzu. Innovatsion faoliyatning tashkiliy shakllari: Ushbu mavzu innovatsion faoliyatning tashkiliy shakllari, jumladan, yangi turdagi tashkilotlarda integratsiyalashish, har tomonlama rivojlanish strategiyasi, innovatsion markazlar kabi mavzularni oʻz ichiga oladi.
  • 4-mavzu. Innovatsion menejmentning metodologiyasi: Mavzu ilmiy-texnik va iqtisodiy yondashuvlar, yangiliklarning yashash davri konsepsiyasi, innovatsion menejment tizimi hamda kontseptsiyalari va yondashishlarni tahlil qilishga bagʻishlangan.
  • 5-mavzu. Korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil qilish: Ushbu mavzu innovatsiyalarni tashkil qilish, ularning ilmiy-texnik va innovatsion sohadagi tasnifi, innovatsion rivojlanishning tashkiliy shakllari va kelajakdagi innovatsion tashkilotlarning xususiyatlarini oʻz ichiga oladi.
  • 6-mavzu. Korxonalardagi innovatsion strategiyani tanlash: Mavzu korxonaning innovatsion faoliyatining zarurligi, innovatsion strategiyaning mohiyati, uning korxona umumiy strategiyasi bilan aloqasi, innovatsion strategiyalarning shakllari va koʻrinishlari kabi masalalarni qamrab oladi.
  • 7-mavzu. Korxonalardagi haqiqiy investitsiyalar, yangiliklar va innovatsiyalar portfelini shakllanishi: Ushbu mavzu investitsiyalar portfelini boshqarish, investitsiyalar kiritish qoidalari, yangiliklar va innovatsiyalar portfellarini shakllantirish, sarmoyalarning narxi va oʻrtacha qiymatini belgilash hamda investitsion loyihaning biznes-rejasini oʻz ichiga oladi.
  • 8-mavzu. ITTKI ni tashkil qilish va loyihalash: Mavzu ITTKI ning vazifalari, tamoyillari, bosqichlari, patent-litsenziyali faoliyati, innovatsion loyihalarni asoslari va ularning ekspertizasi kabi masalalarni yoritadi.
  • 9-mavzu. Korxonalarda yangiliklarni ishlab chiqish, tatbiq etish va yaratishni boshqarish: Ushbu mavzu korxonalarda ITTKIni boshqarish, yangiliklarning sifat koʻrsatkichlari, ularni yaratish va tatbiq etishni boshqarish kabi masalalarni oʻz ichiga oladi.
  • 10-mavzu. Korxonalarda yangilik ishlab chiqarishning tashkiliy – texnologik tayyorlash asoslari: Mavzu texnologiyalarning rivojlanish tendentsiyalari va ularning tasnifi, ishlab chiqarishni tashkiliy-texnik darajasining vazifalari, xususiyatlari, bosqichlari, tahlili va bashorati hamda iqtisodiy masalalarini qamrab oladi.
  • 11-mavzu. Xodimlarni innovatsion boshqarish: Ushbu mavzu innovatsion tashkilotlarda xodimlarni boshqarish xususiyatlari, innovatsion menejerdan talab etiladigan sifatlar, ijtimoiy boshqaruvning yangi texnologiyalari, loyihaviy guruhlarning o’zaro ijtimoiy hamkorligi va janjalning sosial rivojlanish omili sifatida kabi masalalarini oʻz ichiga oladi.
  • 12-mavzu. Korxonalardagi innovatsiyalar marketingi: Mavzu innovatsion marketingning turlari, strategik va operativ innovatsion marketing, tovar va biznes hamda innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini barpo qilish kabi masalalarni qamrab oladi.
  • 13-mavzu. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish: Ushbu mavzu innovatsiyalarni moliyalashtirish manbalari va shakllari, xorijda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish usullari, innovatsion faoliyatni loyihani moliyalashtirish hamda innovatsion menejment strategiyasini va taktikasini belgilash kabi masalalarni oʻz ichiga oladi.
  • 14-mavzu. Innovatsion loyihalar va samaradorlikni baholash usullari: Mavzu innovatsion loyiha samaradorligini tahlil qilish, investitsion loyihalarni amalga oshirish tamoyillari va innovatsion faoliyatning samaradorligini tahlil qilishda vaqt omilini hisobga olish kabi masalalarni qamrab oladi.
  • 15-mavzu. Innovatsiyalar tizimi va innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish: Ushbu mavzu innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning asoslari, moliyaviy tartibga solishni amalga oshirish va Oʻzbekistonda innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solishning xususiyatlarini oʻz ichiga oladi.
  • 16-mavzu. Investitsiyalar va innovatsiyalarning xo’jalik faoliyati samaradorligi ta’sirining tahlili: Mavzu ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlari tizimi, korxona moliyaviy faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlari va korxona investitsion faoliyati samaradorligining qiyosiy – tahliliy ko’rsatkichlari hamda investitsion va innovatsion loyihalar samaradorligining qiyosiy – tahliliy ko’rsatkichlarini qamrab oladi.