Xalqaro moliya munosabatlari
Ushbu kitobda xalqaro moliya, jahon iqtisodiyoti, globallashuv, valuta tizimi, moliyaviy inqirozlar, xalqaro tashkilotlar, banklar, lizing operatsiyalari, valuta-kredit operatsiyalari, valuta risklari, moliyaviy derivativlar bozori, transmilliy korporatsiyalar, integratsiya jarayonlari, to'lov balansi, yevrobozor, yevrokreditlar, xalqaro kreditlar, investitsiyalar, xalqaro moliya bozorining rivojlanishi va tarkibiy tuzilishi, valuta operatsiyalari, valuta riskini boshqarish usullari, xalqaro korporatsiyalar, transmilliy korporatsiyalar, iqtisodiy integratsiya va O'zbekistonning xalqaro moliya munosabatlariga integratsiyasi kabi mavzular qamrab olingan.
Asosiy mavzular
- Xalqaro moliyaning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati: Xalqaro moliya — xalqaro moliyaviy resurslar majmuini va ularning harakatlanishini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi. Xalqaro moliya munosabatlari muayyan maqsadlarni amalga oshirish uchun xalqaro darajada shakllantirilgan moliyaviy resurslarni taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
- Jahon iqtisodiyoti globallashuvi tushunchasining mohiyati va uning asosiy jihatlari: XX—XXI asrlar bo‘sag‘asida jahon iqtisodiyotida yangi termin globallashuv degan tushuncha paydo bo‘lgan edi. Ushbu jarayon hozirgi kunda ko‘pgina mamlakatlarning iqtisodchi olimlari tomonidan alohida ilmiy muammo sifatida tadqiq etilmoqda.
- Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuzaga kelishining asosiy sabablari: Xalqaro bank likvidliligi muammolarining keskinlashuvi AQSH ipoteka kreditlari bozoridagi tanglikning butun moliya sektoriga tarqalishiga, so‘ngra iqtisodiyotning real sektoriga ta’sir etish orqali iqtisodiy inqirozga aylanishiga sabab bo‘ldi.
- Xalqaro moliya tashkilotlarining tasniflanishi va umumiy tavsifi: Xalqaro valuta-kredit va moliya munosabatlarining tashkiliy tuzilmasi o‘ziga ko‘plab xalqaro tashkilotlarni qamrab oladi. Ulardan ba'zilari ko'pgina vakolatlarga hamda yuqori miqdordagi moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan holda xalqaro valuta-kredit va moliya munosabatlarini tartibga solishda ishtirok etadi.
- Jahon valuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari: Jahon valuta tizimi rivojlanish jarayonida quyidagi bosqichlarni bosib o‘tdi: Parij valuta tizimi (1867—1914-y.y.); Genuya valuta tizimi (1922—1929-y.y); Bretton-Vuds valuta tizimi (1945—1976-y.y.); Yamayka valuta tizimi (1976-yildan hozirgi davrgacha).
- Valuta kurslari va ularning turlari: Valuta kursi (exchange rate) bir mamlakat pul birligining ikkinchi bir mamlakat valutasiga nisbatan bahosi hisoblanadi. Valuta yoki ayirboshlash kursi ma’lum bir mamlakatni tashqi dunyo bilan bog‘lab turadi.
- Valuta risklarini boshqarish usullari va ularning mohiyati: Valuta riskini boshqarishda asosiy e’tibor valuta kursining o‘zgarishi tufayli yuzaga keladigan yo‘qotishlarni oldini olishga qaratiladi va tijorat banklari, multimilliy korxonalar va boshqa xo‘jalik subyektlari muddatli valuta bozori bitimlarini tuzish orqali valuta riskidan pul mablag‘larini himoya qiladilar.
- Xalqaro korporatsiyalarning yuzaga kelishi va ular faoliyatining mohiyati: Hozirgi davrda xalqaro korporatsiyalar jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishining muhim elementlaridan hisoblanadi. Oxirgi yillarda ularning jadal ravishda rivojlanishi jahon xo‘jaliklari aloqalarining globallashuvida, kapital va ishlab chiqarishning baynalminallashuv jarayonlarida namoyon bo‘lmoqda.
- Transmilliy korporatsiyalar faoliyatining asosiy xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari: Transmilliy korporatsiyalar jahon xo‘jaligi rivojlanishining, xalqaro mehnat taqsimoti jarayonining faol ishtirokchisi bo‘lib, aynan ular globallashuvni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi.
- Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarining rivojlanishi: Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida ikkita asosiy tendensiya amal qilmoqda. Bir tomondan jahon xo'jaligida yaxlitlik kuchaymoqda, buning natijasida mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar rivojlanishi, xalqaro savdoning erkinlashuvi ham da zamonaviy axborot texnologiyalari tizimining tashkil topishi kuzatilmoqda.
- To‘lov balansini boshqarish: To‘lov balansi bir mamlakatning boshqa mamlakatlarga maium bir davr mobaynida haqiqatda o‘tkazgan valutaviy toiovlari va tushumlari o‘rtasidagi nisbatni, mamlakatning xalqaro pullar harakatini o‘zida aks ettiruvchi hujjatdir.
- Yevrobozorlar va ulardagi operatsiyalar: Jahon ssuda kapitallar bozori ikkita o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq asosiy sektorga ajraladi va uning tarkibida yevrobozor yetakchilik qiladi.
- Xalqaro kredit va investitsiya munosabatlarining rivojlanishi: Xalqaro kredit bu tovar va valuta ko‘rinishidagi mablag‘larni qaytarib berishlilik, muddatlilik, foiz to‘lashlilik shartlari asosida berish bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ssuda kapitali harakatidir.
- Xalqaro moliya bozorining rivojlanishi va xalqaro kapital harakatining zamonaviy tendensiyalari: Jahon iqtisodiyotida xalqaro moliya bozorining segmentlari tadrijiy ravishda muayyan bosqichlarda shakllangan (13.1-jadvalga qarang). Mazkur bozor taraqqiyotining oxirgi bosqichida fond segmenti va xalqaro derivativlar bozori jadal rivojlangan.
- Moliyaviy derivativlar bozori: Hosilaviy moliyaviy vosita, derivativ (inglizcha derivative) — bazaviy aktivga nisbatan tomonlar bir qator harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha huquq yoki majburiyatlarni oluvchi shartnoma (kelishuv)dir.
- O‘zbekistonning xalqaro moliya munosabatlariga integratsiyalashuvi: 0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin o‘zining mustaqil tashqi siyosatini, shu jumladan, tashqi iqti sodiy siyosatini yurita boshladi.