"Ózbek tili" 9-sinf
Ushbu darslik Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 9-sinf oʻquvchilari uchun tayyorlangan boʻlib, oʻzbek tilida erkin muloqotga kirishishni, nutq koʻnikmalarini oʻstirishni maqsad qilgan. Darslikda nutqiy mavzular, ularni ifodalashga xizmat qiluvchi leksik va grammatik vositalar oʻzlashtiriladi. Mavzularni izchil va oson oʻzlashtirish uchun ular 2-3 darsga ajratilgan holda tavsiya etilgan. Matn, topshiriqlar, dialoglar, mashqlar va uy vazifalari orqali oʻquvchilarning oʻzbek tilini yuqori darajada oʻzlashtirishga yordam beradi.