Жисмоний маданият ўқитувчисининг таълим тизимидаги коммуникатив фаолияти
Ushbu jurnalda jismoniy madaniyat o'qituvchilarining kasbiy-shaxsiy madaniyatini shakllantirish, ularning kommunikativ mahoratini rivojlantirish, hamda bo'lajak mutaxassislarning zamonaviy ta'lim tizimida egallashi lozim bo'lgan ko'nikma va malakalarni rivojlantirish masalalari keng yoritilgan. Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasining ijtimoiy-pedagogik va davlat ahamiyatiga ega ekanligi, barkamol avlod tarbiyasi uchun ta'lim sifatini oshirish, milliy-ma'naviy qadriyatlarni rivojlantirish kabi muhim mavzularga to'xtalib o'tilgan.