“Bozor” romanida davr voqeligining badiiy talqini
Ushbu maqolada Xurshid Doʻstmuhammadning “Bozor” romani real davr muammolarini yoritishda afsona va rivoyatlardan foydalanganligi, сюжет тўқимасига композицион жиҳатдан уйғунлаштириб юборилиши масалалари таҳлил қилинади. Jumladan, mualliflar real dunyo muammolarini oʻziga xos badiiy uslub bilan ochib berish, shaxsning maʼnaviy izlanishlari, milliy oʻzlikni anglash jarayonini ilohiy tafakkur bilan bogʻlab, badiiy jihatdan yuksak asar yaratish usullarini koʻrsatib bergan. Roman kompozitsiyasi, qahramonlar ruhiyati, ularning ichki dunyosi, maʼnaviy qadriyatlarga intilishi, shuningdek, ilohiy manbalardan olingan hikmatlarning asar mazmuniga singdirilishi kabi jihatlar atroflicha oʻrganiladi. Xulosa qilib aytganda, asarda millatning oʻziga xos tafakkuri, urf-odatlari, maʼnaviy qadriyatlari, shaxsning ijtimoiy va maʼnaviy yuksalishi kabi dolzarb masalalar oʻz ifodasini topgan.