🔍

Iqtisodiy nazariya

Ushbu kitob Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari, Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari, Mulkchilik munosabatlari, Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asoslari, Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi, Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri va uning O‘zbekistondagi xususiyatlari, Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati, Raqobat va monopoliya, Narxning mohiyati va shakllanish xususiyatlari, Tadbirkorlik faoliyati. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi, Agrar munosabatlar va agrobiznes, Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o‘lchamlari. Yalpi milliy mahsulot va uning harakat shakllari, Iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar kabi mavzularni o‘z ichiga oladi. Kitobda O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning tamoyillari va xususiyatlari, iqtisodiy rivojlanishning asosiy bosqichlari, talab va taklif nazariyasi, bozor muvozanati, raqobat, monopoliya, narxning shakllanishi, tadbirkorlik faoliyati va kapitali, agrar munosabatlar, milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o‘lchamlari, iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar kabi muhim mavzular chuqur tahlil qilingan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Industrial iqtisodiyot

“Industrial iqtisodiyot” kursi O‘zbekiston Respublikasi sanoatining asosiy fondlarining tahlilini, ularning tarkibini, sanoat tarmoqlarining joylashtirilishini, iqtisodiy samaradorligini, mehnatga haq to‘lash tizimini va fan-texnika taraqqiyotini qamrab oladi. Kitobda, shuningdek, sanoat ishlab chiqarishning asosiy fondlarining turlari va ulardan foydalanish ko‘rsatkichlari, amortizatsiya, ishlab chiqarish quvvatlari va ulardan foydalanishning samaradorligini oshirish yo‘llari, sanoat mahsuloti sifatini baholash usullari, tannarx, foyda va rentabellikni oshirish yo‘llari, narx siyosati va baholash tizimi, sanoatni joylashtirishning asosiy omillari va yo‘nalishlari, hamda boshqaruv tizimi kabi masalalar yoritib berilgan. Shuningdek, kitobda fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion faoliyat, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik, mehnatga haq to‘lash kabi muhim masalalar atroflicha tahlil qilingan.

🔑 Kalit soʻz🎯 79.5%

Polistirol sopolimeri ishlаb chiqаrish jаrаyonidа polimerlovchi qurilmаni tаkomillаshtirish

Mening bitiruv malakaviy ishim mavzusi hozirgi kunda dolzarb boʻlib, uning echimini topish yanada mas'uliyatli masalalardan biri boʻlib hisoblanadi. Men BMI mavzusini yoritishda barcha ma'lumotlardan foydalandim: jumladan, malakaviy amaliyot davrida ishlab chiqarish korxonalaridan olingan ma'lumotlar, texnologik qurilmalarning chizmalari, ularning ishlash prinsiplari, texnik tavsiflari, xom-ashyo va tayyor mahsulotlarning tavsiflari, ishlab chiqarish korxonalarida hosil boʻladigan chiqindilar va ularni qayta ishlash usullari, internet ma'lumotlari va boshqalardan foydalandim. Ushbu ma'lumotlarga tayangan holda «Polistirol sopolimeri ishlab chiqarish jarayonida polimerlovchi qurilmani takomillashtirish (Q=32 t/y)» nomli BMI ishini loyihaladim. Natijada tanlangan texnologiyaga mos keladigan texnologik rejimlar bayon qilindi va ortiqcha sarf-harajatlarga yo'l qoʻyilmadi. Men bajargan BMIda kirish, umumiy qism, texnologik qism, iqtisodiy qism, mehnat muhofazasi, atrof-muhit muhofazasi, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati, ilovalar keltirilgan. Texnologik qismda mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi, konkret turdagi maxsulotlar uchun tegishli texnologik, mexanik, issiqlik va boshqa hisoblar, ularning tahlili, asosiy qurilmalar hamda moddiy balans hisoblari keltirilgan. Chizmalarda asosiy ishlab chiqarish texnologik liniyasi, asosiy qurilma va uning qirqimlari, shuning bilan birgalikda iqtisodiy koʻrsatkichlar jadvali berilgan. Ishlab chiqarish jarayonida e'tiborga olinishi kerak boʻladigan mehnat muhofazasi va atrof-muhit muhofazasi, ish jarayonida ajralishi mumkin boʻlgan zararli texnologik chiqindilar va ularni oldini olish choralari berilgan. Iqtisodiy qismda esa barcha bajarilgan ishlarning natijasida erishiladigan iqtisodiy koʻrsatkichlar hisoblanib, jadval shaqlida bayon qilingan. Loyihalanayotgan ushbu texnologik liniya men o'ylaymanki, qisqa muddatlarda qilingan barcha sarf-harajatlarni qoplaydi.

🔑 Kalit soʻz🎯 79.3%

“Sanoat iqtisоdiyoti“

Ushbu kitob Sanoat iqtisodiyotini o'rganish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan. Kitob Termiz Davlat Universiteti tomonidan chop etilgan bo'lib, talabalarga sanoat iqtisodiyoti fanining predmeti, vazifalari, tamoyillari va usullarini o'rgatishda yordam beradi. Shuningdek, kitobda O'zbekiston sanoatining xomashyo manbai, tannarxi, foyda va ishlab chiqarish rentabelligi kabi masalalar yoritilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 79.3%