Bolalarni qurish-yasashga o’rgatishda interfaol metodlaridan foydalanish metodikasi(tayyorlov guruh misolida).
Ushbu kitob maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni qurish-yasashga o'rgatishda interfaol metodlaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlarini qamrab oladi. Unda bolalarning ijodiy fikrlashini, turli xolatlarni tez ilg'ay olishini, atrof muhitni tasavvur eta olishini rivojlantirishda interfaol metodlarning ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, kitobda maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy pedagogik usullarni qo'llash, tarbiyachilarga qo'yiladigan talablar ham yoritilgan. Tajriba-sinov ishlarining natijalari tahlil qilinib, mavzuga oid tavsiyalar berilgan.