Технология и оборудование отрасли
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma «Texnologiya va sanoat jihozlari» kursidan «Paxta-xomashyoni birlamchi qayta ishlash texnologiyasi» mavzusidagi laboratoriya ishlarini bajarish uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada laboratoriya ishlarini o'tkazish bo'yicha yo'riqnomalar, jihozlarning tuzilishi va ishlash prinsiplari, texnik tavsifnomalari hamda ish natijalarini qayta ishlash uchun zarur bo'lgan formulalar, grafiklar va jadvallar keltirilgan. Qo'llanma paxta tozalash zavodlarining texnologik jarayonlari, unda ishlatiladigan mashinalar va ularning ishlash usullarini o'rganishga qaratilgan. Har bir laboratoriya ishi uchun nazorat savollari ham berilgan.