«Diktantlar to’plami»
Ushbu kitob o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchilari hamda ushbu mutaxassislik bo'yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan uslubiy qo'llanmadir. Unda o'zbek tilini o'qitish jarayonida diktant turlari va ularni tashkil etish usullari hamda 5-9-sinflar uchun diktant matnlari keltirilgan. Kitobda shuningdek, lug'at ishlariga oid mashqlar, turli diktant turlari (izohli, saylanma, erkin, nazorat) hamda ularning ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan.