🔍

Baslawısh klass oqıwshılarına milliy tárbiyanı úyretiwdiń áhmiyeti

Ushbu ish mamlakatimizning milliy o'ziga xos jihatlari, milliy qadriyatlarni tiklash, saqlash va rivojlantirish, milliy g'ururni uyg'otish, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan holda mukammallikka erishishga qaratilgan tadqiqotdir. Ishda milliy tarbiya nazariyasining nazariy masalalari hamda O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlash va rivojlantirish uchun tayyor bo'lgan barkamol avlodni tarbiyalash vazifalari tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy tarbiya me'zonlarini belgilashda yosh, aqliy imkoniyatlarni hisobga olish masalalari yoritilgan. Kitobda boshlang'ich sinf o'quvchilariga milliy tarbiya berishning ahamiyati, xususan, urf-odatlar, an'analar, estetik va ekologik tarbiya, oilaviy tarbiya, shuningdek, milliy qadriyatlar tushunchasini shakllantirish yoritilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 76.6%

O‘ZBEKISTON TARIXI

Ushbu o'quv dasturi bakalavriat nomutaxassislik yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, O'zbekiston tarixining eng qadimgi davri, qadimgi davr, o'rta asrlar, yangi davr, sovet mustamlakasi davri va mustaqillik davrlari tarixi yoritilgan. Unda O’zbekiston tarixining davrlashtirish masalalari, moddiy, yozma manbalar va arxiv hujjatlaridagi ma'lumotlarga asoslangan holda ta’limni tashkil qilish ilgari surilgan. Shuningdek, jamiyat va insoniyat rivoji, tarixiy taraqqiyot bosqichlarini tahlil etishga, o’zbek xalqining etnik shakllanishi jarayonlari, davlatchilik tarixi va uning rivojlanishi hamda taraqqiyot bosqichlari, O‘zbekistonning tarixiy taraqqiyot bosqichlarining xususiyatlarini yoritib beruvchi masalalarni qamrab olgan.Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, faol demokratik yangilanishlarni amalga oshirish borasida keng ko’lamli isloxotlar amalga oshirilmoqda. Ana shu buyuk o’zgarishlar jarayonida xalqimizning boy tarixi, betakror milliy qadriyatlari, bebaxo ilmiy, madaniy merosi qayta tiklanib, butun bashariyatning noyob mulkiga aylandi. Ayniqsa, bugungi globaldashuv davrida ma’naviyat soxasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yanada yuksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongni turli zararli g’oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va ximoya qilishda Vatanimiz tarixini birlamchi manbalarga tayanib, har tomonlama va chuqur tadqiq etish yosh avlodga haqiqiy tariximizni o’qitish orqali ularni yuksak ma’naviyatli shaxslar etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu fanning barcha oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari hamda maktablarda o’qitilishi ham ana shu yuksak ahamiyat bilan belgilanadi. Fanni o’qitishning maqsadi - milliy tarix, milliy g’urur va iftixor manbai xisoblanishini yosh avlod ongiga singdirish, ularda tarixiy xotira, tarixiy tafakkur ko’nikmasini tarbiyalash milliy g’oya va yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirish, ma’naviy dunyosini boyitish ularni o’z xalqi va Vataniga sadoqat, amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining ongli faol ishtirokchisi bo’lish ruxida fikrlash va yashashga o’rgatishdan iborat. Fanni o’qitishning vazifalari - tarixiy-madaniy jarayonlarni holisona hamda manbalarga tayangan holda taxlil qilish, ularning sabablari va mohiyatini ochib berish; yoshlarimizda o’zini anglash, vatanparvarlik, tarixiy qadriyatlarga xurmat, boy tariximizni qadrlash fazilatlarini shakllatirish; mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyatini barpo etish, turli soxalardagi isloxotlar, jahon hamjamiyatiga integraniyalashuv bilan bog’liq tarixiy jarayonlar, voqea va xodisalarni yoshlar ongiga tarixiy haqiqat tamoyillari asosida etkazish. Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar: fanning predmet, nazariy-metodologik asoslari, manbalari; o’zbek davlatchiligining shakllanishi va rivojlanishi, xalqimizning dunyo sivilizatsiyasiga qo’shgan xissasi; O’zbekiston tarixining asosiy davrlari va taraqqiyoti tadrijiy bosqichlari ularning uzviy bog’liqligi va davomiyligi, tarixiy voqealar vorisiyligi; mustamlakachilik va sovet mustabid davrida O’zbekistonning turli soxalari rivojlanishiga qarshi siyosat va ularning ayanchli oqibatlari; turli davrlarda ozodlik yo’lida amalga oshirilgan kurashlar hamda vatanparvarlik jasoratlari; O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi, rivojlanishi, yangilanish va modernizatsiya jarayonlari haqida bilimga; Vatanimiz tarixi bo’yichao’z tarixiy tafakkurini boyitib borish va tarixiy haqiqat tamoyillari asosida tarixiy voqealar va jarayonlarni taxlil qila bilish; O’zbekistonning jahon sivilizasiyasi o’choqdarndan biri ekanligini teran xis qila olish; ajodlarimiz ibratli hayoti va faoliyati bilan faxrlanish va vatanparvarlikni namoyon eta olish ko’nikmalariga

🔑 Kalit soʻz🎯 76.4%

O’zbekistonning eng yangi tarixi

Ushbu o’quv qo’llanma O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan bakalavr sirtqi agrar ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun tayyorlangan. O’quv qo’llanmada O‘zbekistonning eng yangi tarixi biz uchun, avvalo, mamlakatimizning 1991-yildan keyin bosib o‘tgan tarixiy yo‘li mohiyati va mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim. O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi o‘zbek modelining konseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida ishtiroki bilan bog‘liq masalalarning to‘g‘ri va haqqoniy tahlilini xalqimiz va kelajak avlodga yetkazishning nazariy va amaliy jihatlari va uni tashkil qilishning xususiyatlari yoritilgan. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga yuz tutdi. Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‘zbekiston tarixchilari zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy-nazariy darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 76.2%

Методические разработки по «Русскому языку» для студентов национальных групп

Ushbu kitob rus tili darslik bo'lib, milliy guruhlar talabalari uchun mo'ljallangan. U rus tilini o'rganishning metodik ishlanmalari, mashqlari va materiallarini o'z ichiga oladi. Darslikda til, madaniyat, jamiyat, kasblar va shaxsiy rivojlanishga oid mavzular yoritilgan. Unda lug'at, grammatika, o'qish, yozish va nutqni rivojlantirishga qaratilgan turli xil topshiriqlar mavjud. Darslik talabalarga rus tilida muloqot qilish ko'nikmalarini oshirishga, rus madaniyati va adabiyotini tushunishga yordam beradi. Uzoq yillar davomida rus tilini o'rganib kelayotgan va amaliy mashgulotlarga tayyorlanayotgan talabalar uchun foydalanishga qulay.

🔑 Kalit soʻz🎯 76.2%