Maxalliy tesurslar asosida zangni tez yuyvuvchi vosita olishning labaratoriya tajriba reglamenti
Ushbu tadqiqot ishida mahalliy resurslar asosida zangni tez yuvuvchi vosita ishlab chiqarish texnologiyasi va uning laboratoriya reglamentini yaratish mavzusi yoritilgan. Zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini qo'llash va mahalliy xom-ashyolardan foydalangan holda import o'rnini bosadigan, eksportga yo'naltirilgan, yuqori sifatli va arzon zang yuvuvchi vosita ishlab chiqarish ko'zda tutilgan. Tadqiqot jarayonida ekstraksion fosfat kislotasi, soapstok, vermikulit, gidroliz lignin, kaliy bixromat va rux sulfat kabi mahalliy xom-ashyolardan foydalanib, zangni tez yuvuvchi vosita olishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan va uning laboratoriya reglamenti yaratilgan. Ishlab chiqarish hajmi va tannarxini hisoblash, marketing strategiyasi va iqtisodiy samaradorligi ham tahlil qilingan.