Ал-Мовардийнинг “ал-Аҳком ас-султониййа” асари – мусулмон Шарқи давлат бошқаруви тарихига оид муҳим манба (XI аср)
Ushbu dissertatsiya Al-Mavardiyning «Al-Ahkâm as-sultâniyya» asari tarixshunoslik va manbashunoslik nuqtai nazaridan o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda muallifning ilmiy merosi, siyosiy-huquqiy qarashlari, davlat boshqaruvi nazariyasiga qo‘shgan hissasi, va «Al-Ahkâm as-sultâniyya» asarining o‘rta asrlar davlat idorasi va huquq tizimini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Al-Mavardiyning ilmiy merosi va uning «Al-Ahkâm as-sultâniyya» asarining manbashunoslik va tarixshunoslik nuqtai nazaridan ahamiyati, shuningdek, O‘zbekiston va xorijiy kutubxonalarda saqlanayotgan qo‘lyozmalarining o‘rganilishi hamda tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ochib berilgan.