Антигипертензив дори воситалари ассортиментининг контент таҳлили
Ushbu maqolada gipertoniya kasalligini davolashda qo'llaniladigan dori vositalari assortimentining tahlili keltirilgan. Maqsad aholini dori vositalari bilan ta'minlash sifatini yaxshilash va kasalliklarni davolash jarayonini oqilona tashkil etishdan iborat. Tadqiqotda O'zbekiston Respublikasi farmatsevtika bozoridagi antigipretenziv dori vositalari assortimenti kontent tahlili o'rganilgan. Tahlil natijalari shuni ko'rsatdiki, 2007-yilda respublika tibbiyot amaliyotida qo'llashga ruxsat etilgan antigipretenziv dori vositalarining umumiy miqdori 274 tani tashkil etgan, ularning 53 foizi xorijiy, 37 foizi MDH davlatlaridan va 10 foizi respublikada ishlab chiqarilgan.