Тезюрар поезд ҳаракати фазовий масаласининг аэродинамик модель ва ҳисоблаш алгоритмлари асосида қаршилигини тадқиқ қилиш
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti tez yurar poyezdlarning fazoviy harakatida yuzaga keladigan aerodinamik qarshiliklarni hisoblash uchun matematik modellarni va hisoblash algoritm-larining dasturiy vositalarini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Tadqiqotda yo'lovchi poyezdlari harakatining aerodinamik jarayonlari, xususan, ularning atrof-muhitga ta'sirini kamaytirish, xavfsizlikni oshirish va energiya samaradorligini ta'minlash kabi dolzarb muammolar o'rganilgan. Tadqiqot natijalari poyezd harakatining turli rejimlarida (vertikal, gorizontal va frontal tekisliklarda) yuzaga keladigan havo oqimlari va ularning yuzaga keltiradigan ta'sirini hisobga oluvchi aniq matematik modellar va algoritmlarni taklif qiladi. Shuningdek, ishda zar-rachalarning havoda ko'chishi va ularning traektoriyasini aniqlash bo'yicha ham tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqotda olingan nazariy va amaliy natijalardan