Батан тишларининг ишчи сиртларига микрошарчаларни йўналтириш (дроб) оқимли ишлов бериш орқали СТБ русумли тўқув дастгоҳининг иш қобилиятини ошириш усулини ишлаб чиқиш
Ushbu avtoreferat, to'qimachilik sanoatida keng qo'llaniladigan STB tipidagi to'quv dastgohining batan mexanizmi tishlarining chidamliligini oshirish bo'yicha olib borilgan tadqiqot natijalarini o'z ichiga oladi. Tadqiqotda batan tishlarining ishchi sirtlarini mikroshar-chalar bilan ishlov berish orqali ularning ekspluatatsion ko'rsatkichlarini yaxshilash va shu asosda STB dastgohining samaradorligini oshirish usullari ishlab chiqilgan. Ishda mikroshar-chalarning tishlar sirtlariga ta'sirini tahlil qilish, ularning chidamliligini oshirishning ilmiy va amaliy usullarini asoslash, shuningdek, ishlab chiqarish sharoitida bu texnologiyaning samaradorligini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar keltirilgan.