Инсульт ўтказган беморлар эмоционал ҳолатларнинг психологик хусусиятлари
Ushbu dissertatsiya insult o'tkazgan bemorlarning emotsional holatlarini psixologik jihatdan o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda bemorlarning kasallikdan keyingi psixologik holatlari, ularning ruhiy o'zgarishlari, kasallikka munosabati va davolanish jarayonida psixologik yordamning ahamiyati tadqiq qilingan. Tadqiqotda insult bilan og'rigan bemorlarning hayot sifati, emotsional holatlari va ularning sog'lig'i o'rtasidagi aloqadorlik tahlil qilingan. Psixokorreksion dasturlar va usullarning samaradorligi o'rganilgan va bemorlarga psixologik yordam ko'rsatish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.