Биопрепаратларни суғорма деҳқончиликда аҳамияти
Mazmunda "SERHOSIL" bio-preparatining sug'orma dehqonchilikdagi, xususan, paxta yetishtirishdagi ahamiyati, tuproq namligiga va unumdorligiga ta'siri ilmiy asosda o'rganilgan. Bio-preparatning qo'llanilishi natijasida tuproq mikroorganizmlarining faolligi oshadi, organik moddalar ko'payadi, tuproqning agrokimyoviy va agrobiologik holati yaxshilanadi. Bu esa o'simliklarning kasalliklarga, qurg'oqchilikka, sovuqqa va boshqa noqulay ob-havo sharoitlariga chidamliligini oshiradi. Natijada mineral o'g'itlar va kimyoviy vositalar sarfi kamayadi, hosildorlik esa ortadi. "SERHOSIL" bio-preparati ekologik toza va inson salomatligi uchun xavfsizdir.