Вермикулитни енгил бетонларда кўллаш истиқболлари
Ushbu maqola Oʻzbekistonda yangi turar-joy va sanoat binolarini qurishda zamonaviy, energiya tejamkor, engil va arzon qurilish materiallari, xususan, vermikulitdan foydalanishning istiqbollarini yoritib beradi. Maqolada mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslardan foydalanishning muhimligi taʼkidlanib, ayniqsa, uy-joy qurilishida energiyani tejash maqsadida vermikulit qoʻshilgan engil betonlardan foydalanish samarasizligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Vermikulitning xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, ekologik xavfsizligi va issiqlik izolyatsiya materiallari sifatida qoʻllanilishi atroflicha koʻrib chiqilgan.