Виброзашита человека-оператора в полях вибрации технологическых машин
Ushbu kitob inson-operatorlarni texnologik mashinalarning tebranish maydonlarida himoya qilish masalalariga bag'ishlangan. Unda tebranish maydonlarining xususiyatlari, ichki dissipatsiya va insonning ish joyiga suyanish usullarini hisobga olgan holda "inson-tebranishni so'ndiruvchi-ish maydonchasi", "inson-o'rindiq-tebranishdan himoya qiluvchi moslama" sistemalarining dinamik masalalarini yechish nazariy asoslari ishlab chiqilgan. Olingan natijalar asosida tebranishdan himoya qiluvchi ish maydonchasining va o'rindiqning geometrik va dinamik parametrlari aniqlangan, tajriba xonada va ishlab chiqarishda o'tkazilgan sinovlar jarayonida ularning yuqori darajada tebranishdan himoyalash imkoniyatlari ko'rsatilgan. Texnologik mashinalarning keng sinfi tebranish maydonini tekshirish usuli yaratilib, olingan natijalar asosida ularni klassifikatsiya qilingan. Olingan natijalar va moslamalar ishlab chiqarishda qo'llanilgan.