Выбор метода сегментации при анализе экг.
Ushbu maqola elektrokardiogramma (EKG) tahlilida segmentatsiya usullarini tanlashga bag'ishlangan. EKG inson salomatligini kuzatishda muhim o'rin tutadi, ayniqsa anesteziya, reanimatsiya va intensiv terapiya davrida. EKG signallarini avtomatik tahlil qilish kritik vaziyatlarda aniq va o'z vaqtida chora-tadbirlar ko'rishga yordam beradi. Maqolada EKG siklining (kardiosikl) shaklini avtomatik aniqlash va uning asosiy segmentlari hamda vaqt va amplituda parametrlari haqida ma'lumot beriladi. EKG signallarini qayta ishlashda qo'llaniladigan usullar, jumladan, o'rtacha shaklni hisoblash va uning segmentlarini (P, QRS, T) aniqlash hamda bu segmentlar orasidagi masofalar (segementlar) tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada EKG signallarini segmentatsiyalashning strukturaviy algoritmlari, jumladan, lokal ekstremumlar, signaldagi o'zgarishlar, hosila va egilish (krivizna) yordamida segmentlarni aniqlash usullari ham ko'rib chiqiladi.