Создание биллинговой системы управления благоустройства г.НукусаЦель выпускной-квалификационной работы заключалась в разработке биллинговой системы автоматизации учета оплат и начислений за услуги по вывозу и утилизации твердо-бытовых отходовУправления бл
Ushbu bitiruv malakaviy ishining maqsadi Nukus shahar Obodonlashtirish boshqarmasi uchun qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish va utilizatsiya qilish xizmatlari uchun to'lovlarni hisobga olishni avtomatlashtirishdir. Ishni bajarish jarayonida quyidagi natijalarga erishildi: Billing tizimlari umumiy ko'rib chiqildi va tahlil qilindi, ularning afzalliklari va kamchiliklari o'rganildi; Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasi uchun billing tizimini dasturiy ta'minotini yaratish bo'yicha talablar va texnik vazifalar shakllantirildi; Billing tizimining interfeysi ishlab chiqildi, billing tizimiga kirishni xavfsizligi va cheklanishi masalalari o'rganildi; To'lovlar, qarzdorliklar, jismoniy va yuridik shaxslar bo'yicha hisobotlarni yaratish moduli ishlab chiqildi; Yuridik shaxslar uchun hujjatlar, schyotlar va hisob-fakturalar, bajarilgan ishlar dalolatnomalarini yaratish moduli ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan “Billing TBO” billing tizimi Nukus shahri obodonlashtirish boshqarmasida sinovdan o'tkazildi va foydalanishga topshirish dalolatnomasi olindi, dasturni o'rnatish va joriy etish bo'yicha shartnoma tuzildi. Ishlab chiqilgan “Billing TBO” billing tizimi, turli xizmatlardan foydalanish uchun hisobga olish, kirish va tahlil qilish muhim bo'lgan tashkilotlarda joriy etilishi mumkin; “Billing TBO” billing tizimi uchun intellektual mulk davlat qo'mitasidan mualliflik guvohnomasi olish rejalashtirilgan.