Глицирризин кислотасининг нафтил сирка кислотаси билан супрамолекуляр комплексини синтези
Ushbu dissertatsiya ishi glycyrrhiza glabra L. (shirinmiya) o'simligining ildizidan ajratib olingan glycyrrhizin kislotasining (GK) a-naftil sirka kislotasi (NSK) bilan supramolekulyar kompleksini sintez qilish va ular asosida olingan komplekslarning fizik-kimyoviy xossalari, olingan komplekslarning termodinamik parametrlarini aniqlash va ularning kimyoviy tuzilishini tadqiq qilishga bag'ishlangan. Tadqiqotda GK va NSK kompleksining 1:1, 2:1, 4:1 nisbatlarda sintez qilinganligi, ularning IR, YMР, Massa-spektrometriya usullari bilan tahlil qilinganligi hamda olingan komplekslarning fizik-kimyoviy konstanalari va suvda eruvchanlik darajasi aniqlanganligi bayon etilgan.