Деградацияга учраган суғориладиган ерларни тиклаш ва фойдаланишга киритиш механизмларини такомиллаштириш
Ushbu doktorlik dissertatsiyasi dehqon va tomorqa xo'jaliklarida degradatsiyaga uchragan sug'oriladigan yerlarni tiklash va ulardan samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda mazkur muammoning dolzarbligi, uni hal qilish yuzasidan mavjud ilmiy-amaliy ishlar tahlili, xorijiy va mahalliy olimlar tajribalari o'rganilgan. Shuningdek, degradatsiyaga uchragan sug'oriladigan yerlarni tiklash va foydalanishga kiritish bo'yicha davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda respublika iqtisodiyoti, uning tarmoqlari, hududlar, yerlardan foydalanuvchilar faoliyatini boshqarishning barcha darajalarida yer resurslarini muhofaza qilish bo'yicha nazariy, uslubiy va amaliy masalalarni yechishga qaratilgan takliflar berilgan. Xususan, kadastr, monitoring tizimlarini rivojlantirish, iqtisodiy rag'batlantirish, moliyaviy manbalarni jalb qilish, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish kabi masalalar ko'rib chiqilgan.