Енгиллаштирилган ғишт деворларнинг эксплуатацион хусусиятлари
Ushbu kitobda energiya tejamkorligi va binolarning energiyaga samaradorligi oshirilishi mavzusi ko'rib chiqilgan. Qizil g'isht devorlarining issiqlik o'tkazishga qarshiligini oshirishning ahamiyati, mavjud me'yoriy hujjatlar va ulardagi o'zgarishlar, shuningdek, turli xil yengillashtirilgan g'isht devor konstruksiyalari va ularning issiqlik-texnik xususiyatlari tahlil qilingan. Xususan, ko'p qavatli binolarning pastki qavatlarida to'liq foydalaniladigan, yuqori qavatlarida esa qisman qo'llaniladigan g'isht devorlarining yuk ko'tarish qobiliyati va mustahkamligi, shuningdek, yengil g'isht devorlarning turli variantlari va ularning issiqlik izolatsiyasi bo'yicha tadqiqotlar keltirilgan. Xalqaro standartlar va ularning O'zbekistonda qo'llanilishi haqida ham ma'lumot berilgan.