Ерноки (Helianthus tuberosus L.) ва сачратқи (Cichorium intibus L.) асосида олинган биологик фаол моддалар йиғиндисининг фармако-токсикологик хусусиятлари
Ushbu doktorlik dissertatsiyasi «Ernoki (Helianthus tuberosus L.) va Sachratqi (Cichorium intibus L.) asosida olingan biologik faol moddalar yig‘indisining farmako-toksikologik xususiyatlari» mavzusiga bag'ishlangan. Tadqiqotda diabetga qarshi yangi «Diaglikon» preparatining samaradorligi, xavfsizligi va ta'sir mexanizmlari o‘rganilgan. Shuningdek, Sachratqi o‘simligidan olingan biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) ning ham inson salomatligiga ta’siri baholangan. Tadqiqot natijalari bo'yicha «Diaglikon» preparatining turli giperglikemik modellarda samarali ekanligi, organizmga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatmasligi va diabetning oldini olish hamda davolashda qo‘llash mumkinligi isbotlangan.