Қишлоқ аҳоли пунктлари жамоат марказлари
Ushbu maqola Oʻzbekiston qishloqlarida jamoat markazlarini joylashtirishning meʼmoriy-rejaviy va kompozitsion jihatlarini oʻrganishga bagʻishlangan. Qishloq hududlarining tabiiy-iqlim sharoitlari, landshafti va relefi asosida jamoat markazlarini shakllantirish, ularning joylashuvi va atrofdagi hududlar bilan oʻzaro bogʻliqligi kabi masalalar koʻrib chiqilgan. Maqolada jamoat markazlarining ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotdagi oʻrni, ularning qishloq aholisi uchun ahamiyati taʼkidlangan. Turli hududlar va turli sharoitlarga mos keladigan jamoat markazlarini loyihalashning turli variantlari, jumladan, markaziy maydonda toʻplangan, koʻcha boʻylab joylashgan yoki kichik markazlar tizimi kabi usullar tavsiya etilgan. Shuningdek, maqolada qishloq joylarini rivojlantirishning davlat dasturlari va meʼmoriy-rejaviy meʼyorlariga ham toʻxtalib oʻtilgan.