Жигар энцефалопатиясини ташхислаш ва даволаш тамойиллари
Ushbu monografiya O‘zbekiston davlat tibbiyot universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan bo‘lib, unda jigarning surunkali shikastlanishi, xususan, jigar sirrozi va uning natijasida kelib chiqadigan jigar ensefalopatiyasi (JЭ) muammosi keng qamrovli yoritilgan. Asarda kasallikning kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmlari, tashxislash usullari, klinik ko‘rinishlari, tasniflanishi hamda davolash tamoyillari atroflicha ko‘rib chiqilgan. Jigar sirrozining zamonaviy diagnostik mezonlari, jumladan, qon tarkibidagi ammiak, natriy miqdori, West-Haven mezonlari, shuningdek, turli neyropsi-xologik va neyro-radiologik tekshiruv usullaridan foydalanishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan. Kitobda, shuningdek, jigarning fibrozi, portal gipertenziya, jigar ensefalopatiyasining rivojlanish mexanizmlari va unda kuzatiladigan nevropsixik o‘zgarishlar ham batafsil tahlil qilingan. Asarda bemorlarda depressiya va xavotirni aniqlash uchun qo‘llaniladigan zamonaviy testlar, jumladan, Bek shkalasi va MMSE testlari hamda ularning klinik ahamiyati haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, jigarning zararlanish darajasini aniqlashda qo‘llaniladigan usullar, jumladan, jigar elastografiyasi, Transkranial Doplerografiya, MRТ, EKG, UTT kabi zamonaviy diagnostik usullar haqida ham to‘liq ma'lumotlar mavjud.