Жиззахавтотеххизмат мчж ишлаб чиқариш жараёнидан самарали фойдаланишни такомиллаштириш
Ushbu doktorlik dissertatsiyasi O'zbekiston Respublikasi avtomobil transportini rivojlantirish va "Jizzaxavtotexxizmat" MCHJda ishlab chiqarish jarayonlaridan samarali foydalanishni takomillashtirishga bag'ishlangan. Unda avtomobil servis sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar tahlil qilingan, "Jizzaxavtotexxizmat" MCHJda bajariladigan ishlar hamda xizmatlar sifati o'rganilgan. Shuningdek, ishlab chiqarish quvvatidan samarali foydalanish uslublari va xizmatlar sifatini aniqlash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tajribaviy tadqiqotlar natijasida avtomobil servis korxonalari samaradorligini oshirish bo'yicha texnik-iqtisodiy asoslar va takliflar ishlab chiqilgan.