Жиноятнинг объектив томони
Ushbu kitob jinoyat huquqi bo'yicha ma'ruza matnini o'z ichiga oladi. Unda jinoyatning obyektiv tomoni, uning zaruriy va fakultativ belgilari, shuningdek, jinoyatni kvalifikatsiya qilishda obyektiv tomonning ahamiyati atroflicha yoritilgan. Shuningdek, kitobda jinoyat qonunchiligidagi turli tushunchalar, jumladan, jinoyat, qilmish, harakat, harakatsizlik, jinoyiy oqibat, sababiy bog'lanish, jinoyat sodir etilgan joy, vaqt, usul, vosita va qurol kabi jihatlar tushuntirilgan. Kitobda ko'rib chiqilgan mavzular yuzasidan mustaqil o'rganish hamda amaliy mashg'ulotlar uchun savollar va kazuslar ham keltirilgan.