Birinchi tibbiy yordam fanidan (ma`ruza matni)
Ushbu kitob "Birinchi Tibbiy Yordam" fanidan ma'ruzalar matni bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Farmatsevtika Instituti "Farmakologiya va Klinik Farmatsiya" kafedrasi tomonidan tayyorlangan. Kitobda birinchi tibbiy yordam ko'rsatishning asosiy tamoyillari, turli xil shoshilinch holatlarda, zaharlanishlarda, jarohatlarda, shuningdek terapevtik kasalliklarda ko'rsatiladigan yordam usullari batafsil yoritilgan. Bemorlarni parvarish qilish, aseptika va antiseptika qoidalari, reanimatsiya usullari, bog'lam turlari, singan va chiqqan suyaklar, ularning belgilari va birinchi yordam choralari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari, zaharlanishning turli xil sabablari (ilon chaqishi, hasharotlar, dorilar, pestitsidlar va boshqalar) va ularga qarshi ko'riladigan choralar ham ko'rsatilgan.