Бино ва иншоотларнинг инженерлик оммуникациялари
Ushbu kitob "Bino va inshootlarning injenerlik kommunikatsiyalari" fanidan laboratoriya mashg'ulotlarini bajarish bo'yicha uslubiy qo'llanmadir. Qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan o'quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, qurilish sohasida ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Unda bosim o'lchash usullari, Bernulli tenglamasi, gidravlik qarshiliklar, quvurlardagi oqimlar, issiqlik uzatish va namlikni aniqlash kabi mavzularga oid laboratoriya ishlarini bajarish bo'yicha ko'rsatmalar berilgan. Qo'llanmada har bir laboratoriya ishi uchun nazariy ma'lumotlar, ishni bajarish tartibi, hisobot tuzish bo'yicha yo'riqnomalar va nazorat savollari keltirilgan.