Перевод и его история
Ushbu kitob tarjima nazariyasi va amaliyotiga bag'ishlangan bo'lib, unda tarjimaning tarixi, turlari, usullari, tarjimonlarni tayyorlash masalalari ko'rib chiqiladi. Kitobda jahonning turli mamlakatlaridagi tarjima maktablari, xususan, qadimiy tarjima an'analari, Evropa va Amerikadagi zamonaviy tarjima ta'limi tizimlari tahlil etilgan. Tarjima jarayonida yuzaga keladigan lingvistik va madaniy muammolar, shuningdek, tarjimonning roli va mas'uliyati muhokama qilinadi. Kitob so'ngida tarjima faoliyatining muhim jihatlari, xususan, badiiy tarjimaning o'ziga xos xususiyatlari va tarjimon mahorati haqida xulosalar berilgan.